Xorazm viloyati futbol akademiyasi tashkil qilinishi

Xorazm viloyati futbol akademiyasi tashkil qilinishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi
410-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq Xorazm viloyati futbol akademiyasi tashkil qilindi. 2018-yil 2-iyundan boshlab Xorazm viloyati futbol akademiyasi Xorazm viloyati Yangibozor tumani Al-Xorazmiy ko‘chasi 11-uyda joylashgan sport ob’yektida o‘z faoliyatini boshladi. Xorazm viloyati futbol akademiyasining moddiy texnik bazasini yaxshilash, tarbiyalanuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Xorazm viloyat hokimining 2020-yil 13-fevraldagi 38.f-son farmoyishi hamda Urganch shahar hokimining 590.q-sonli qarori bilan Xorazm viloyati futbol akademiyasi o‘z faoliyatini Urganch shahar Baynalminalchi ko‘chasi 18-uyda joylashgan “Xorazm” sport majmuasiga o‘tkazildi. Hozirgi davrda Xorazm viloyati futbol akademiyasi umumiy yer maydoni 10.7 gk teng bo‘lib, maktab hududida 3 qavatli 1 ta ma’muriy bino, ma’muriy binoning 1-qavatida 6 ta sinf xonalari, 1 ta kutubxona va 60 o‘rinli faollar zali joylashgan bo‘lib, binoning 2-3-qavatda 154 o‘rinli yotoqxonalari joylashgan, asosiy binoga tutash 154 o‘rinli oshxona mavjud.